O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Avstriya parlamenti palatalari yetakchilari bilan uchrashdi
Iyun 02, 2026. 11:25 • 58 soniya
• 97TOSHKENT, 2-iyun. /“Dunyo” AA/.O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya parlamentiga tashrifi chog‘ida Federal kengash raisi Markus Shtotter va Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Avstriya parlamentida Federal kengash raisi Markus Shtotter hamda Milliy kengash raisi Valter Rozenkrans bilan uchrashuvlar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashdik.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, xususan, jamiyatni demokratlashtirish va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish borasidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratildi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi






