O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan milliy ma’ruza bilan nutq so‘zladi
Iyun 02, 2026. 10:25 • 2 daq
• 153TOSHKЕNT, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vena shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Komissiyasining 35-sessiyasi doirasida mamlakatimizda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan milliy ma’ruza bilan so‘zga chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Vena shahrida BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Unda 175 ta davlatdan 1,5 mingdan ziyod yuqori martabali rahbar va ekspertlar ishtirok etdi. Bu yil O‘zbekiston ilk bor ushbu nufuzli tuzilmaga a’zo bo‘ldi.
Men mamlakatimizda odil sudlov, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan milliy ma’ruza bilan so‘zga chiqdim. Kiberjinoyatchilik, korrupsiya va oilaviy zo‘ravonlik chegara bilmaydi.
Shu sababli ularga qarshi ochiq muloqot, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlik orqali birgalikda kurashishimiz zarur”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi






