O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Iyun 02, 2026. 12:25 • 2 daq
• 71
TOSHKENT, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Avstriya poytaxtida BMT bosh kotibi o‘rinbosari Monika Juma bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Venada BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) ijrochi direktori etib yangi tayinlangan Monika Juma bilan uchrashdim, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida mamlakatimizning BMT GJB bilan hamkorligi, giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurashish masalalari hamda 2026-yil aprel oyida ushbu global muammoga bag‘ishlab o‘tkazilgan Samarqand xalqaro forumidan so‘ng amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildik.
Ayollar, bolalar va yoshlar himoyasiga qaratilgan sayd-iventimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Monika Jumaga minnatdorlik bildiraman. O‘zbekiston ushbu tadbirni bugun BMT Jinoyatchilikning oldini olish komissiyasining 35-sessiyasi doirasida o‘tkazdi.
Biz BMT GJB bilan xavfsizlik, adolat va barqaror taraqqiyot borasida sheriklikni yana-da rivojlantirishga tayyormiz”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




