O‘zbekiston va Qozog‘iston mutaxassislari professional ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

190
O‘zbekiston va Qozog‘iston mutaxassislari professional ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

OQTOV, 11-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda Atirau shahridagi nufuzli “APEC Training Center” o‘quv markazi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida Agentlik vakillari markazning O‘zbekistonda kasbiy ta’limni rivojlantirish yo‘nalishidagi ijobiy tajribasi hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Shu bilan birga, xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlash, kasbiy-hunar kollejlari darajasida aniq yo‘naltirilgan kasbiy ta’limni joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mehnat bozorlari uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

“APEC Training Center” 2017-yildan buyon G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida neft, gaz, tog‘-kon sanoati, qurilish va boshqa sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotgan yetakchi innovatsion o‘quv markazlaridan biri hisoblanadi. Markazning asosiy missiyasi – mahalliy mutaxassislarga xalqaro tajriba orttirish imkonini yaratish hamda inson kapitalini rivojlantirishdan iborat.

Uchrashuv yakunida Milliy agentlik vakillari “APEC Training Center” faoliyatini batafsil o‘rganish hamda yaqin kunlarda kasbiy ta’lim bo‘yicha amaliy test tajribasini o‘tkazishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish