O‘zbekiston Hamshiralar akademiyasida xalqaro fakultet ochilishi mumkin
Aprel 17, 2026. 15:20 • 55 soniya
• 148
PANEVEJIS, 18-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari Litvadagi Panevejis kolleji rahbariyati bilan onlayn uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Rigadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan muloqotda tomonlar tibbiyot va professional ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash va ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Hamshiralar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda pedagogik xodimlar uchun Litva tomoni ishtirokida malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishildi. Ushbu dasturlar zamonaviy ta’lim usullarini joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, O‘zbekiston Hamshiralar akademiyasi qoshida ikki tomonlama diplom dasturi asosida Panevejis kolleji xalqaro fakultetini ochish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi