O‘zbekiston va Malayziya milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Sentabr 29, 2026. 18:18 • 2 daq

• 144
O‘zbekiston va Malayziya milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

KUALA-LUMPUR, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) delegatsiyasi Kuala-Lumpurga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida O‘zA vakillari ushbu davlat Tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi (MATRADE) tashabbusi bilan o‘tkazilgan Malayziya Xalqaro halol ko‘rgazmasi (MIHAS-2026)da ishtirok etdi.

58 mamlakatdan jami 50 mingdan ziyod mehmonlar qatnashgan ko‘rgazmada yurtimizning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston pavilyoni tashkil etilib, unda milliy mahsulotlar namoyish etildi.

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev “Bernama” axborot agentligiga bergan intervyusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan yana-da samarali foydalanish bo‘yicha fikr bildirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Malayziyaning “Bernama” milliy axborot agentligiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki agentlik vakillari hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib oldi.

1967-yilda tashkil etilgan “Bernama” Malayziyada xorijiy ommaviy axborot vositalariga ma’lumot tarqatish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarga ega bo‘lgan yagona axborot agentligi hisoblanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish