O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolandi

Sentabr 24, 2026. 22:00 • 2 daq

• 227
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi imzolandi

TOSHKENT, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/.Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov va Rossiya bosh prokurori Aleksandr Gutsan o‘rtasidagi muzokaralar keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Vzglyad”, “Izvestiya”, “Interfaks” nashrlarida mazkur muzokaralar jarayonida idoralar o‘rtasida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolangani xususida ma’lumot berilgan.

“Vzglyad”ning yozishicha, hamkorlik dasturi korrupsiyaning oldini olish, xavflarni aniqlash uchun raqamli vositalarni joriy etish, korrupsiyaga qarshi madaniyatni rivojlantirish, ilmiy va ta’lim faoliyatida tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.

Aleksandr Gutsanning ta’kidlashicha, yangi hujjat ikki davlat idoralarining muntazam va aniq o‘zaro hamkorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

“Izvestiya”ning qayd etishicha, Toshkentning xalqaro maydondagi o‘rni tobora ortib borayotgani mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan dalolat beradi.

Ma’lum qilinishicha, 2027-yilda O‘zbekiston BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konferensiyasining 12-sessiyasiga mezbonlik qiladi va Rossiya tomoni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.

“Interfaks”da idoralar o‘rtasidagi hamkorlik faol rivojlanayotgani va korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi