O‘zbekiston va Buyuk Britaniya davlat xizmati sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Iyul 18, 2026. 14:00 • 2 daq

176
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya davlat xizmati sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

LONDON, 18-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi delegatsiyasi davlat xizmati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va boshqaruv sifatini yuksaltirish maqsadida Buyuk Britaniyaga xizmat safarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Britaniya davlat tuzilmalari, dunyoning yetakchi taʼlim va tadqiqot markazlari, jumladan, Oksford universiteti, London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi, Qirolicha Meri universiteti hamda London Imperial kolleji vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tomonlar davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, davlat xizmati tizimini takomillashtirish, rahbar kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, inson resurslarini boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish, davlat siyosatini amalga oshirishning zamonaviy vositalarini joriy etish hamda ijro intizomini taʼminlash masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, zamonaviy taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, davlat boshqaruvi sohasida ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar davomida davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, qo‘shma taʼlim va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish