Logo

Xirosimada o‘zbek taomlari restorani va Namangan viloyati “Savdo uyi” ochildi

Dekabr 01, 2025. 15:00 • 58 soniya

141

XIROSIMA, 1 dekabr. / “Dunyo” AA/. Yaponiyaning Xirosima shahrida Namangan viloyati hokimligi, “Balcom” kompaniyasi va O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamkorligida o‘zbek milliy taomlari restorani hamda viloyatning rasmiy “Savdo uyi” ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Namangan viloyati hokimligi maʼlumotiga tayanib.

Mazkur muhim madaniy-iqtisodiy loyiha O‘zbekistonning Yaponiya bilan savdo, turizm va madaniy aloqalarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan.

Yangi restoran yapon jamoatchiligiga o‘zbek milliy oshxonasining boy va betakror taʼmlarini tanitishni maqsad qiladi. Mehmonlarga palov, somsa, sho‘rva, lag‘mon, qozon-kabob va boshqa anʼanaviy taomlarni o‘zining asl texnologiyasida tayyorlangan holda taqdim etish rejalashtirilgan.

“Savdo uyi” esa Namanganda ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tekstil, hunarmandchilik va gastronomiya brendlari namoyishida muhim markaz hisoblanadi. Ushbu savdo uyi yapon bozoriga mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish, yangi eksport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni rivojlantirish uchun doimiy platforma vazifasini bajaradi.

Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi Namangan viloyati brendini Yaponiya bozorida targ‘ib qilish, turizm oqimini oshirish va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Tadbirlar Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyaning Yaponiyaga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish