Quvaytda O‘zbekiston va Suriya diplomatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Iyul 13, 2026. 14:30 • 58 soniya

86
Quvaytda O‘zbekiston va Suriya diplomatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

AL-QUVAYT, 13-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Suriyaining Kuvaytdagi muvaqqat ishlar vakili Taʼmim al-Madani bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar keyingi davrda izchil rivojlanayotgani qayd etilib, ikki tomonlama hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish muhimligi taʼkidlab o‘tildi.

O‘z navbatida, Taʼmim al-Madani davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan o‘zbek tomonidan kiritilgan takliflar ijrosini tezlashtirish maqsadida Damashqdagi Suriya Tashqi ishlar va muhojirlar vazirligi hamda boshqa vakolatli idoralar bilan shaxsan aloqada bo‘lishini bildirdi. U ushbu yo‘nalishda tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston-Suriya munosabatlarini yana-da rivojlantirish, siyosiy va diplomatik muloqotni faollashtirish hamda ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha yaqin hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish