Serbiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Iyul 13, 2026. 13:00 • 2 daq

94
Serbiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Serbiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Serbiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Serbiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

BELGRAD, 13-iyul. /“Dunyo” AA/. Serbiyaning Belgrad, Karavukovo, Ujitse va Kula shaharlarida mehnat qilayotgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mavjud muammolarini bartaraf etish maqsadida konsullik tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida mahalliy ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Suhbat jarayonida ayrim korxonalar tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining pasportlarini noqonuniy ravishda olib qo‘yish holatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Diplomatlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar fuqarolarning shaxsiy mulki ekani, ularni ushlab turish qonunchilikka mutlaqo zid ekanini taʼkidladi. Bu borada mahalliy ish beruvchilar barcha pasportlarni zudlik bilan egalariga qaytarishga tayyor ekanini bildirdi.

Muloqot davomida ayrim mehnat migrantlarining shartnoma shartlarini buzgan holda ish joylarini o‘zboshimchalik bilan tark etishi yoki Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy o‘tib ketish holatlari ham muhokama qilindi.

Diplomatik vakolatxona vakillari vatandoshlar bilan uchrashuvlarda bu kabi qonunbuzarliklar yirik miqdordagi jarimalar, deportatsiya va jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirib, ularni hushyorlikka, turli radikal va ekstremistik g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmaslikka chaqirdi.

Muzokaralar so‘nggida Serbiyada ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib, mahalliy kompaniyalar bilan O‘zbekistondan mehnat resurslarini uyushgan tartibda jalb qilish, ishchilarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va ushbu yo‘nalishda amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish