Nyu-Yorkda sun’iy intellektni boshqarish masalalari muhokama qilindi

Oktabr 01, 2026. 10:00 • 2 daq

• 197
Nyu-Yorkda sun’iy intellektni boshqarish masalalari muhokama qilindi
Nyu-Yorkda sun’iy intellektni boshqarish masalalari muhokama qilindi
Nyu-Yorkda sun’iy intellektni boshqarish masalalari muhokama qilindi
Nyu-Yorkda sun’iy intellektni boshqarish masalalari muhokama qilindi
Nyu-Yorkda sun’iy intellektni boshqarish masalalari muhokama qilindi

NYU-YORK, 1-oktabr. /“Dunyo” AA/. BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasining yuqori darajadagi haftaligi doirasida Nyu-York shahrida “Ishlab chiqish va amalga oshirish o‘rtasidagi farq: sun’iy intellektni global boshqarishni kim ta’minlaydi?” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan “Tech Diplomacy Global Institute” va “Mia AI” bilan hamkorlikda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, texnologik kompaniyalar, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Muhokomalar chog‘ida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya sohasidagi milliy ustuvor yo‘nalishlar, jumladan, kadrlar va institutsional salohiyatni rivojlantirish hamda SIni iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim tarmoqlarida qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Ishtirokchilar sun’iy intellektni boshqarishning xalqaro tamoyillarini amaliyotga joriy etish, davlat xizmatchilarining SI savodxonligini oshirish, idoralararo muvofiqlashtirishni kuchaytirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdi. 

Xususan, davlat organlari, texnologik sektor, ilmiy hamjamiyat va xalqaro hamkorlar o‘rtasidagi barqaror muloqotni rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir doirasida, shuningdek, Samarqand texnologik diplomatiya deklaratsiyasining bir yilligiga bag‘ishlab joriy yil 14-oktabr kuni Toshkent shahrida “Tech Diplomacy Asia Symposium” simpoziumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani tasdiqlandi. 

Ushbu forum deklaratsiyani amalga oshirishning birinchi yil yakunlarini muhokama qilish, texnologik diplomatiyani yanada institutsionalizatsiyalashtirish hamda Osiyo davlatlarining yangi texnologiyalar sohasidagi amaliy hamkorligini mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Minskda “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Oktabr 01, 2026. 13:00
Minskda “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Oktabr 01, 2026. 11:30
Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi
Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi•Oktabr 01, 2026. 11:00
Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi

Barchasi