Germaniyalik ekspertlar qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rgandi

Sentabr 30, 2026. 18:30 • 2 daq

• 129

TOSHKЕNT, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan nemis ekspertlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki mamlakatning ilmiy, arxiv va memorial muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, siyosiy qatag‘onlar tarixini o‘rganish va tarixiy xotirani saqlash bo‘yicha tajriba almashish, qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarining istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Xizmat safariga Germaniya Birlashgan sotsialistik partiyasi diktaturasi oqibatlarini o‘rganish va qayta baholash bo‘yicha Federal jamg‘arma direktori Anna Kaminski rahbarlik qildi. Delegatsiya tarkibiga Potsdamdagi “Lindenstraße” va Drezdendagi “Bautzner Straße” yodgorlik majmualari rahbarlari hamda Germaniya Federal arxivi vitse-prezidenti Aleksandra Titse ham kirdi.

Tashrif doirasida germaniyalik ekspertlar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Muzey direktori Baxtiyor Hasanov mehmonlarni siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning taqdiri bilan bog‘liq tarixiy hujjatlar va ashyolarni to‘plash, saqlash va ilmiy o‘rganish borasidagi ishlar bilan tanishtirdi.

Ishtirokchilar siyosiy qatag‘onlarni tadqiq etish, tarixiy xotirani asrab-avaylash va memorial muassasalarning jamiyatdagi o‘rni masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Germaniya muzeylari hamda ilmiy muassasalari o‘rtasidagi professional hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Germaniya delegatsiyasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazga ham tashrif buyurdi. Markaz vakillari ilmiy tadqiqotlar, arxiv manbalari bilan ishlash va mamlakatning eng yangi tarixini o‘rganish loyihalari haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar og‘zaki tarix usullaridan foydalanish, tadqiqot natijalarini raqamlashtirish va ommalashtirish, mustabid davrlar merosini o‘rganishda qo‘shma ilmiy loyihalar va tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Delegatsiya a’zolari “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov bilan ham uchrashdi. Germaniyalik ekspertlarga arxiv hujjatlarini saqlash va raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar tarixiy xotira, arxiv va muzey ishi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma tadqiqotlar va ilmiy tadbirlar o‘tkazishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi.

Germaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga xizmat safari davom etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish