O‘zbekiston–Serbiya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Sentabr 30, 2026. 12:30 • 2 daq
• 180
BЕLGRAD, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Serbiyadagi elchixonasi diplomatlari ushbu davlat idoralari, madaniyat, ta’lim va sport muassasalari, ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, Serbiya Ta’lim vazirligi davlat kotibi Yasmin Xojich, Madaniyat vaziri o‘rinbosari Stanko Blagoyevich, Sport vaziri o‘rinbosari Urosh Pribichevich hamda boshqa qator mutasaddi rahbarlar bilan muloqotlar tashkil etildi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar madaniyat, ta’lim, sport, huquqni muhofaza qilish, gender siyosati va iqtisodiyot sohalarida O‘zbekiston–Serbiya munosabatlarining dolzarb masalalari va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Idoralararo va muassasalararo hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat ta’lim va madaniyat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, madaniy va sport tadbirlarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi