Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining AQSHga yetib borishi ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans uyg‘otdi

May 29, 2026. 15:40 • 2 daq

170
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining AQSHga yetib borishi ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans uyg‘otdi

VASHINGTON, 29-may. /“Dunyo” AA/. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA Jahon chempionatida qatnashish uchun AQSHga yetib borishi ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, AQSHdagi O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida milliy terma jamoamizning yetib kelishi bilan bog‘lik postlar deyarli yarim millionga yaqin ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olingan edi. Tadbirga AQSHda faoliyat yuritayotgan mashhur media-inflyuyenserlar, blogerlar va yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari jalb etilgan.

Kelgusida jamoaning Jahon chempionatidagi ishtiroki bilan bog‘liq materiallarning media qamrovi yana-da kengayishi kutilmoqda. Bu holat O‘zbekistonning turnirga chiqishi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun tarixiy ahamiyatga ega ekanini hisobga olganda, tabiiydir.

Milliy terma jamoa ishtirokiga nafaqat O‘zbekiston muxlislari, balki qo‘shni davlatlar aholisi ham katta qiziqish bildirmoqda. Bu esa jamoaning Jahon chempionatidagi ishtiroki mintaqaviy miqyosda katta jamoatchilik eʼtiboriga sabab bo‘layotganini ko‘rsatadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish