Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, yetakchiligini mustahkamladi

Sentabr 22, 2026. 12:30 • 2 daq

94

SAMARQAND, 22-sentabr. /“Dunyo” AA/. 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-tur bahslarida O‘zbekiston-1 terma jamoasi asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan Hindistonni mag‘lub etib, o‘z yetakchiligini mustahkamladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hindistonga qarshi kechgan bahs shaxmatchilarimiz uchun ham, raqib jamoa uchun ham yuqori ruhiy bosim ostida o‘tdi.

Musobaqaning markaziy qarama-qarshiligida to‘rtta taxtada ham kuchli grossmeysterlar ishtirok etdi. Nodirbek Abdusattorov Praggnanandha bilan, Javohir Sindarov Arjun Erigayisi bilan, Shamsiddin Vohidov esa amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju bilan durang o‘ynadi.

Shu tariqa, bahs taqdiri to‘rtinchi taxtadagi Nodirbek Yoqubboyev va Nihal Sarin o‘rtasidagi o‘yinga bog‘landi. Hal qiluvchi partiyada Yoqubboyev pozitsion ustunlikni bosqichma-bosqich kuchaytirib, 38-yurishga kelib g‘alaba uchun qulay vaziyat yaratdi. Yakunda hamyurtimiz raqibini taslim etib, O‘zbekiston-1 jamoasiga hal qiluvchi ochkoni taqdim etdi.

Natijada O‘zbekiston-1 Hindistonni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi va 12 ochko bilan turnir jadvalidagi yetakchilik mavqeini mustahkamladi.

6-turdagi yana bir muhim natija O‘zbekiston-1ning asosiy ta’qibchilaridan bo‘lgan Germaniya va Xitoy o‘rtasidagi bahsda qayd etildi. Unda Xitoy terma jamoasi Germaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Hindiston ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba O‘zbekiston-1 uchun nafaqat navbatdagi ikki ochko, balki Olimpiadadagi yetakchilikni saqlab qolish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ayniqsa, uchta taxtada durang natija qayd etilgan sharoitda to‘rtinchi taxtadagi Yoqubboyevning g‘alabasi jamoaga hal qiluvchi ustunlikni berdi.

7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi yana bir muhim raqibi sanalgan Xitoy shaxmatchilariga qarshi dona suradi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish