Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 71 medal bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda

Oktabr 21, 2026. 18:00 • 3 daq

• 204

AICHI–NAGOYA, 21-oktabr. / “Dunyo” AA/. Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan V Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yuqori natijalarni qayd etib, mamlakatimiz medallar jamg‘armasini boyitmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Musobaqalarda yurtimizning 150 nafarga yaqin vakili sportning 11 turi bo‘yicha ishtirok etmoqda. Xususan, ayni paytgacha hamyurtlarimiz para yengil atletika, para suzish, para dzyudo, para pauerlifting va para velosport kabi yo‘nalishlarda oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

20-oktabr kungi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilar 33 ta medalini qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, para yengil atletika musobaqalarida Madina Muxtorova yadro uloqtirish bo‘yicha Osiyo rekordini, Navro‘za Axmatova esa mazkur yo‘nalishda Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangilab, oltin medallarga erishdi.

Para suzishda Dmitriy Xorlin, Mubinabonu Xalilova va Azizbek Boynazarov g‘oliblar safidan joy oldi. Para pauerliftingda Aqidaxon Axtamova va Muslima Nuriddinova oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Aqidaxon Axtamova o‘z natijasi bilan musobaqa rekordini ham yangiladi.

Para velotrekda Boymurod Yavkochev 4 ming metrga yakka ta’qib poygasida chempion bo‘ldi. Para dzyudoda Shohrux Mamedov, Muhammad Abduqulov va Kumushxon Xodjayeva oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

Bugun ham hamyurtlarimiz g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilishda davom etmoqda. Hozirgacha para velosportning T1–2 klassida ayollar o‘rtasidagi vaqt poygasida Marjona Pardaboyeva oltin, Odina Hamdamova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida esa Jahongir Xalilov bronza medaliga ega chiqdi.

Para pauerliftingda Bekzod Jamilov 80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 229 kilogramm toshni ko‘tarib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ruxshona O‘ktamova esa 67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 127 kilogramm natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Para dzyudoda Dovurxon Karomatov oltin, Mohinur Parmonova kumush, Habiba Jo‘rayeva va Feruza Ergasheva bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Para yengil atletikada Mohigul Sharobiddinova kumush, Botir Muhammedov va Temurbek G‘iyosov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida C1–C5 klasslarida vaqtga qarshi poyga bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu dasturda ishtirok etgan hamyurtimiz Bunyod Hayitmahammadov 25:39.46 natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va kumush medaliga ega chiqdi.

Ushbu natijalardan so‘ng hamyurtlarimiz hisobida 21 ta oltin, 27 ta kumush va 23 ta bronza, jami 71 ta medal mavjud. Hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish