O‘zbekiston futbol terma jamoasi Saudiya Arabistonidagi U 23 Osiyo Kubogida o‘z ishtirokini boshlaydi
Yanvar 06, 2026. 14:20 • 57 soniya
• 2451
TOSHKENT, 6-yanvar. / “Dunyo” AA/. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 6–24-yanvar kunlari Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo Kubogida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu turnir anʼanaga ko‘ra nafaqat nufuzli kubok uchun kurash, balki Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi sifatida ko‘riladi. Shu bois har bir o‘yin shiddatli va murosasiz o‘tishi kutilmoqda.
Jamoamiz uchun ushbu turnirning o‘ziga xos jihati shundaki, Saudiya Arabistoniga U-21 yosh toifasidagi terma jamoa yo‘l oldi. Mazkur musobaqa yangi olimpiya jamoasini shakllantirish va milliy futbolning yaqin zaxirasini sinovdan o‘tkazish uchun muhim maydon bo‘ladi.
O‘zbekistonliklar “B” guruhida bahs olib boradi. Jamoamiz ilk uchrashuvini 7-yanvar kuni Livan terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Shundan so‘ng, 10-yanvarda Eron bilan o‘yin bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichidagi so‘ngi o‘yin 13-yanvar kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi bo‘ladi. Aynan ushbu uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, pley-off bosqichida medallar uchun kurashni davom ettiradigan jamoalar aniqlanadi.
Saudiya Arabistonidagi musobaqa O‘zbekistonning yosh futbolchilari uchun Osiyo maydonida o‘zini ko‘rsatish, xalqaro tajriba orttirish va Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi