O‘zbekistonlik kikboksingchilar jahon kubogida 72 ta medalni qo‘lga kiritdi
Aprel 15, 2026. 18:59 • 54 soniya
• 129BANGKOK, 15-aprel. /“Dunyo” AA/. Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailand poytaxtida bo‘lib o‘tgan kikboksing bo‘yicha jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Jahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiya (WAKO) tomonidan o‘tkazilgan musobaqada dunyoning 34 davlatidan mingdan ortiq sportchi qatnashdi.
Ushbu jahon kubogida hamyurtlarimiz munosib tarzda qatnashib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Turnir davomida vakillarimiz jami 72 ta – 36 ta oltin, 22 ta kumush va 14 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin Tailand, uchinchi o‘rin Vyetnam, to‘rtinchi o‘rin esa Qozog‘iston jamoalariga nasib etdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

