Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi
Avgust 19, 2026. 21:00 • 2 daq
• 14
TOSHKENT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun TIVda O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Bobur Usmanov va Samir Sharifov darajasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, siyosiy muloqotni mustahkamlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Bo‘lajak Oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, transport, logistika, energetika hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligi alohida taʼkidlandi. Sanoat sohasida yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, ikki tomonlama savdo hajmini yanada oshirish uchun mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanish, shuningdek, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatdor bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi