Ro Djun Xyon: Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo‘ymoqda
Avgust 30, 2026. 16:00 • 2 daq
• 85
SEUL, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning “LOTTE Corporation” kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Ro Djun Xyon yurtimiz mustaqilligining 35-yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqiga samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– Avvalo, O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 35-yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, mamlakatning xalqaro aloqalari tobora yuksalmoqda.
Keng ko‘lamli islohotlar va yangilanishlar O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi farovonligini yuksaltirish hamda mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qilayapti.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro ishonch, hurmat va uzoq muddatli manfaatlarga asoslangan bo‘lib, bu munosabatlarni yanada kengaytirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.
Ayniqsa, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat sohalarida hamkorlikni kuchaytirish uchun katta imkoniyatlar bor. Koreya biznesi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va yirik loyihalarda yanada faol ishtirok etishdan manfaatdor.
Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, savdo, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, logistika, turizm, zamonaviy texnologiyalar va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda sheriklikni kengaytirish uchun imkoniyatlar yuqori.
Kompaniyamiz O‘zbekiston bilan hamkorlikni o‘zaro manfaatli yangi loyihalar orqali amalga oshirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi ishbilarmonlik va iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdori.
Mamlakat xalqiga tinchlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari kelgusida ham yanada mustahkamlanishiga ishonaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi