Syuy Tao: O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida muhim ahamiyatga ega, jadal rivojlanayotgan mamlakatdir
Avgust 06, 2026. 10:31 • 2 daq
• 97
PEKIN, 6-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoy Davlat kengashi huzuridagi Ijtimoiy rivojlanishni tadqiq etish markazining Yevroosiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti direktori o‘rinbosari Syuy Tao O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– Avvalo, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan tabriklayman.
Bugungi kunda O‘zbekiston butun Markaziy Osiyo mintaqasida muhim o‘rin tutadigan, jadal rivojlanayotgan mamlakatdir. So‘nggi o‘n yillikda mamlakat taraqqiyotining o‘ziga xos dinamikasini kuzatmoqdamiz. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xalq farovonligi muttasil yaxshilanib bormoqda.
Xususan, so‘nggi yillarda ko‘rilgan choralar tufayli O‘zbekistonda qashshoqlik darajasi 2023-yilda 5,8 foizgacha kamaydi. Joriy yilda bu ko‘rsatkichni 4,5 foizgacha pasaytirish maqsad qilingan va biz bu marraga erishilishiga ishonamiz.
Mamlakatning jahon arenasidagi obro‘-eʼtibori yuksalib borayotganini ko‘rib turibmiz. O‘zbekiston Prezidenti g‘oyat muhim va dolzarb xalqaro tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga chin dildan ishonaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi