Tokioda Farg‘ona viloyati va Yaponiyaning Tochigi prefekturasi o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Avgust 06, 2026. 09:00 • 2 daq

20
Tokioda Farg‘ona viloyati va Yaponiyaning Tochigi prefekturasi o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

TOKIO, 6-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Tochigi prefekturasi hukumati departamenti katta direktori Sigeyosi Masubuti hamda ushbu Yaponiyaning mamlakatimizdagi sobiq elchisi Fumixiko Kato bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Tochigi prefekturasi va Farg‘ona viloyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Yaponiya tomoni aholisi 4,2 million nafarni tashkil etuvchi hamda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yuqori surʼatlarini namoyon etayotgan Farg‘ona viloyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Shu munosabat bilan ikki hudud o‘rtasidagi sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Xususan, kadrlar tayyorlash va yapon tilini o‘qitish, oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, taʼlim hamda mehnat migratsiyasi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Tochigi prefekturasi va Farg‘ona viloyati o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda muntazam muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish