Sankt-Peterburgda “Konsul” jurnalining O‘zbekiston va Rossiya hamkorligiga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etildi

Avgust 06, 2026. 10:00 • 2 daq

78

SANKT-PETERBURG, 6-avgust. /“Dunyo” AA/. “Konsul” xalqaro jurnalining “Rossiya – O‘zbekiston” mavzusiga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Jurnalning ushbu soni Rossiya­–O‘zbekiston hamkorligining bugungi kundagi holatini aks ettirib, diplomatiya, iqtisodiyot, taʼlim, madaniyat va hududlararo hamkorlik masalalarini qamrab olgan.

Nashr muqaddimasida Sankt-Peterburg hukumati aʼzosi, Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Yevgeniy Grigoryevning tabrik so‘zi berilgan. Jurnal sahifalarida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxovning “MDHga 35 yil. Ishonch, sheriklik va umumiy kelajak makoni” nomli maqolasi, O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov bilan uyushtirilgan intervyu o‘rin olgan.

“Konsul” sahifalarida Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston kunlari, iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, oliy taʼlim, turizm, madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish va ikki tomonlama aloqalarning boshqa dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan maqolalar taqdim etilgan. Maqolalar mualliflari O‘zbekiston va Rossiya diplomatlari, ekspertlari va ilmiy doira vakillaridir.

“Rossiya – O‘zbekiston” mavzusidagi rukndan tashqari, jurnal o‘quvchilarni muhim xalqaro voqealar, jumladan, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yakunlari, “Yosh diplomat maktabi”ning navbatdagi bitiruvchilari hamda xalqaro hamkorlik sohasidagi boshqa loyihalar bilan tanishtiradi.

Ushbu maxsus son O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni mustahkamlash va konstruktiv muloqotni rivojlantirishga qo‘shilgan yana bir hissa bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish