Ufuk Ulutash: Har bir jabhada - taʼlimdan tortib iqtisodiyotgacha, tashqi siyosatdan savdogacha - barcha sohalarda olamshumul rivojlanishga erishildi

Avgust 29, 2026. 18:00 • 2 daq

149
Ufuk Ulutash: Har bir jabhada - taʼlimdan tortib iqtisodiyotgacha, tashqi siyosatdan savdogacha - barcha sohalarda olamshumul rivojlanishga erishildi

TOSHKENT, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etgan Turkiyaning elchisi Ufuk Ulutash “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqini mustaqillik shodiyonasi bilan qutladi:

- Bugun O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Barcha O‘zbekiston xalqini tabriklamoqchiman. 35 yillik mustaqillik haqida gapiryapmiz, lekin 3000 yillik davlatichilik anʼanasi haqida ham so‘z bormoqda. O‘zbekiston ham, zamonaviy O‘zbekiston ham ana shu 3000 yillik davlatichilik anʼanasi zamirida qad rostlamoqda. Ushbu 3000 yillik davlatichilik anʼanasini u Turkiya bilan ham baham ko‘radi. Maʼlumki, bu yer barchamizning ata yurtimizdir. Tariximiz bir, tilimiz va madaniyatimiz bir. Shu sababdan Turkiya xalqi O‘zbekiston mustaqilligidan dunyoda eng ko‘p quvongan xalqdir.

Bugun aslida 35 yillik tarix aytilayotgandek bo‘ldi, lekin taʼkidlaganimdek, aslida 3000 yillik tarix so‘zlandi. Va 35 yil ichida balki 100 yilda bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlar amalga oshirilganiga bugun guvoh bo‘ldik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bajarilgan ishlar haqiqatdan ham juda ulkan. Har bir jabhada - taʼlimdan tortib iqtisodiyotgacha, tashqi siyosatdan savdo-sotiqqacha - barcha sohalarda olamshumul rivojlanishga erishildi. Biz Turkiya sifatida, O‘zbekistonning qardosh mamlakati sifatida bu taraqqiyotdan juda mamnunmiz. Muvaffaqiyatlar tilaymiz. Alloh bu zafarlarni bardavom qilsin, inshoalloh. Salomat bo‘ling.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish