Afinada O‘zbekiston-mustaqilligining-35-yilligiga bag‘ishlangan bayram bo‘lib o‘tdi
Sentabr 19, 2026. 16:00 • 2 daq
• 175AFINA,-19-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Afina shahrida O‘zbekiston-mustaqilligining-35-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbir O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi diplomatlari tomonidan Gretsiya-Yevroosiyo assotsiatsiyasi prezidenti Ksenofont Lambrakis bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tantanali marosim Afinadagi Amerika maydonida joylashgan «STUDIO New Star Art Cinema» kinoteatrida o‘tkazildi va Gretsiya jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi.
Madaniy kecha davomida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy an’analari, o‘ziga xos musiqa va raqs san’atiga alohida e’tibor qaratildi. Dastur Gretsiya jamoatchiligiga mamlakatimizning rang-barang madaniyati bilan tanishish imkonini berdi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbirning yorqin lahzalaridan biri O‘zbekiston «Sharq sadolari» folklor ansamblining chiqishi bo‘ldi. Jamoa milliy raqslar, an’anaviy o‘zbek qo‘shiqlari va musiqiy kompozitsiyalarini ijro etdi. Dastur davomida, shuningdek, taniqli o‘zbek xonandasi Sunnatillo Doston ham chiqish qildi.
Gretsiya-Yevroosiyo assotsiatsiyasi prezidenti Ksenofont Lambrakis jamoatchilikning tadbirga bo‘lgan qiziqishidan mamnunligini bildirib, tadbirni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan va o‘z hissasini qo‘shgan barchaga minnatdorlik bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

