Buyuk Britaniyada mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan birgalikda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi nishonlandi

Sentabr 19, 2026. 15:00 • 2 daq

216

LONDON,-19-sentyabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz elchixonasi «Vatandoshlar» jamoat fondi hamda «Oshpaz» o‘zbek milliy taomlari restorani bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning qishloq xo‘jaligi fermalarida mehnat qilayotgan vatandoshlar uchun mamlakatimiz mustaqilligining-35-yilligiga bag‘ishlangan bayram dasturxoni tashkil etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirning asosiy maqsadi xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun asosiy milliy bayram muhitini yaratish hamda ularning O‘zbekiston bilan ma’naviy va madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda Buyuk Britaniyaning turli hududlaridagi qishloq xo‘jaligi fermalarida mehnat qilayotgan 200 ga yaqin vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda xorijda yashayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarning ijtimoiy va ma’naviy-madaniy ehtiyojlariga e’tibor qaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston bilan yaqin aloqalarini saqlab qalish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Bayram dasturxonida mehmonlarga an’anaviy o‘zbek milliy taomlari tortiq etildi.

Tadbir ishtirokchilari tashkilotchilarga minnatdorlik bildirib, bu kabi tashabbuslar xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, vatandoshlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro yordam muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish