Germaniyaning Rust shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi

Sentabr 16, 2026. 16:30 • 2 daq

126
Germaniyaning Rust shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Germaniyaning Rust shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Germaniyaning Rust shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Germaniyaning Rust shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi

RUST, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Baden-Vyurtemberg federal yerining Rust shahrida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi, “Europa-Park” va “Consulting.uz” tomonidan tashkil etildi. Unda Germaniyada faoliyat yuritayotgan 200 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi, ishbilarmon va jamoat doiralari vakillari ishtirok etdi.

Asosiy eʼtibor Germaniyadagi o‘zbek yoshlari birligini mustahkamlash, olmoniyalik hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va vatandoshlarni O‘zbekistondagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar haqida xabardor qilishga qaratildi.

Uchrashuvlar davomida yoshlar siyosati, sifatli taʼlim olish imkoniyatlari, sportni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish va kasbiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi. O‘zbekiston fuqarolarini nemis kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish orqali ishga joylashtirish va kasbga tayyorlash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

“Europa-Park” hammuassisi Yurgen Mak ishtirokchilarni mustaqillik shodiyonasi bilan tabriklab, Bosh konsulxona bilan hamkorlik yuqori darajada ekanini taʼkidladi. U o‘zbekistonlik vatandoshlar uchun tadbirlar o‘tkazish ezgu anʼanaga aylanib borayotgani hamda O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar tobora rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Germaniyaning Frankfurt-Mayn, Myunxen, Shtutgart, Frayburg va boshqa shaharlaridan kelgan 10 ta jamoa ishtirokidagi futbol turniri bayram dasturining yorqin qismi bo‘ldi.

Musobaqada frayburglik vatandoshlarimizdan iborat jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va unga “Europa-Park” futbol kubogi topshirildi.

Mehmonlarga milliy birlik va mehmondo‘stlik ramzlaridan biriga aylangan anʼanaviy o‘zbek palovi tortiq qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish