Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi

Sentabr 14, 2026. 11:30 • 3 daq

185
Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Berlinda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi

BERLIN, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Germaniya davlat va parlament doiralari, biznes, fan, jamoatchilik va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston elchisi Dilshod Ahatov o‘z qutlov so‘zida mamlakatimizning 35 yillik taraqqiyoti sarhisobi va Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. U, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini va savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, taʼlim va gumanitar hamkorlik sohalarini qamrab olayotganini taʼkidladi.

Tadbirning faxriy mehmoni – Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Gyunter Krixbaum O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ochiqlik siyosatiga yuqori baho berdi.

— Ushbu jarayonlar Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda, — dedi u.

Vazir, shuningdek, Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning 2026-yil iyun oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifini qayd etib, ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasini alohida taʼkidladi. U iqtisodiyot, taʼlim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi.

Qabul marosimi doirasida Yangi O‘zbekistonning islohotlari va taraqqiyot ustuvorliklariga bag‘ishlangan “Shavkat Mirziyoyev: Men hayotimni xalqimga bag‘ishlayman!” nomli nemis tilidagi maxsus nashr taqdimoti o‘tkazildi.

Madaniy dasturdan taniqli o‘zbek pianinochisi Eleonora Kotlibulatova hamda skripkachi Mixael Levin ijrosidagi konsert, milliy raqslar hamda musavvir Jo‘ra Asranning ko‘rgazmalari o‘rin oldi.

Ilgari Toshkent xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesida ishtirok etgan nemis musavviri va yozuvchisi, Prussiya prinsessasi Zibella bayram kechasi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va O‘zbekiston mustaqilligi yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lajak ko‘rgazma haqida so‘zlab berdi.

— Bu yil 23-sentyabr kuni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan ko‘rgazmada hamkasbim bilan birgalikda yurtdoshlaringiz va mamlakatingizga bag‘ishlangan asarlarimizni taqdim etish men uchun katta sharafdir. Ushbu ko‘rgazma doirasida sakkiz yil oldin Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada namoyish etilgan fotosuratlarni ham taqdim etamiz. Bugungi kunda O‘zbekiston erishgan taraqqiyot tahsinga loyiq. Ushbu muvaffaqiyat bilan chin qalbimdan tabriklayman! — dedi u.

O‘zbekistonda saylovlarda kuzatuvchi sifatida qatnashgan Bayroyt shahar kengashi aʼzosi Karl-Xayns Braytsmann mamlakatimiz haqidagi samimiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

— Uch yil oldin O‘zbekistonda bo‘lib, ushbu go‘zal mamlakatni darhol yoqtirib qolgandim. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning jadal rivojlanayotganini ko‘rish menda har safar hayrat va havas uyg‘otadi.

U, shuningdek, Bavariya va O‘zbekiston hamkorlik jamiyatining hududlararo aloqalarni rivojlantirish hamda Germaniyada O‘zbekistonni keng targ‘ib qilishga qaratilgan faoliyatini qayd etdi.

— Germaniyada O‘zbekistonga va uning xalqiga samimiy va ochiq munosabatda bo‘lgan odamlar juda ko‘p, — dedi siyosatchi. — Ishonchim komilki, O‘zbekiston va uning xalqi bilan yaqindan tanishish ularning ushbu mamlakat haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi. O‘zbekistonning tanilish darajasini oshirishga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan juda mamnunmiz.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish