Germaniyadagi vatandoshlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonladi

Sentabr 13, 2026. 16:30 • 2 daq

97

GERA, 13-sentabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning Gera shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda “Anor” jamiyati hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda ushbu mamlakatning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 200 nafardan ortiq vatandosh ishtirok etdi.

Diplomatlar ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim va sog‘liqni saqlash sohalarining rivojlanishi, yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish borasidagi ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bu yilgi bayram tadbirlari mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi va yosh avlodning milliy qadriyatlarga bog‘liqligini mustahkamlashga qaratilgan “Yagona Vatan, yagona xalq – yangi hayot va kelajakni bunyod etamiz” shiori ostida o‘tayotgani alohida taʼkidlandi.

Madaniy dasturdan o‘zbek rassomi Jo‘ra Asron asarlari ko‘rgazmasi, milliy o‘yinlar, vatandoshlarning o‘zbek qo‘shiqlari va raqslari bilan chiqishlari hamda mehmonlarni milliy urf-odatlar va taomlar bilan tanishtirish o‘rin oldi.

Ishtirokchilar Germaniyadagi o‘zbek jamoatchiligi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yoshlarni milliy madaniyat, til va anʼanalarni asrab-avaylashga jalb etish masalalarini ham muhokama qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish