Sibir poytaxtida O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi keng nishonlandi

Sentabr 07, 2026. 22:00 • 2 daq

137
Sibir poytaxtida O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi keng nishonlandi
Sibir poytaxtida O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi keng nishonlandi
Sibir poytaxtida O‘zbekiston Mustaqilligining 35-yilligi keng nishonlandi

NOVOSIBIRSK, 7-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan mamlakatimiz Mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan va 200 dan ortiq mehmonlarni birlashtirgan tantanali tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Novosibirsk viloyati gubernatori ma’muriyati va Novosibirsk shahar meriyasi, vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, Altay o‘lkasi va Tomsk viloyatidan kelgan mehmonlar ishtirok etdilar. Tomsk, Omsk, Kemerovo viloyatlari, Kuzbass, Krasnoyarsk o‘lkasi hamda Sibirning boshqa hududlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz kechaning faxriy mehmonlari bo‘lishdi.

Kechani ochar ekan, O‘zbekistonning Bosh konsuli Aslam Akbarov mustaqillikning ko‘p millatli xalqimiz uchun alohida ahamiyatini hamda so‘nggi 10-yil ichida mamlakatimizda erishilgan yutuqlarni alohida ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, jumladan, hududlararo aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususar, Novosibirsk viloyati sanoat, savdo va tadbirkorlikni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Ryaguzov Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning yuqori darajasini qayd etdi.

Shuningdek, tadbirda Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Tabrikda Mustaqillik kuni O‘zbekistonning suvereniteti va farovonligi ramzi ekani ta’kidlangan.

Tadbir mehmonlari, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy vakillari O‘zbekiston va uning xalqiga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromini bildirib, mamlakatimizning erishgan yutuqlariga yuqori baho berdilar.

Bayram dasturi Tomsk shahrining “Yarada” o‘zbek raqs ansambli chiqishlari, Mustaqillikning 35-yilligiga bag‘ishlangan videomateriallar hamda milliy liboslar va hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi bilan yanada boyitildi.

Tantanali kecha yakunida mehmonlarga palov, somsa va boshqa milliy taomlar tortiq qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish