Jeyson Smit: O‘zbekiston bosib o‘tgan yo‘l ulkan taraqqiyotdan dalolat beradi
Sentabr 07, 2026. 10:30 • 2 daq
• 103
VAShINGTON, 7 sentyabr. /“Dunyo” AA/. AQSh Kongressi Vakillar palatasining Daromadlar va soliqlar bo‘yicha qo‘mita raisi Jeyson Smit “Dunyo” axborot agentligi orqali mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– Har yili 1 sentyabr kuni o‘zbek xalqi bu shonli sanani faxr-iftixor bilan nishonlaydi. Bu yilgi yubiley mamlakatning bir avlod davomida qanchalik ulkan yo‘lni bosib o‘tganidan dalolat beradi.
Yaqinda qo‘mita raisi sifatida Kongress delegatsiyasiga boshchilik qilib, Toshkentga borish sharafiga muyassar bo‘ldim. Biz Prezident Shavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva va boshqa yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashdik.
Oliy martabali shaxslar va ishbilarmon doiralar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar chog‘ida biz islohotlar yo‘lini tanlagan, o‘z iqtisodiyotini dunyo uchun ochgan, AQSh bilan sheriklikni yuksak qadrlaydigan mamlakatni ko‘rdik. O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi delegatsiyamizning har bir aʼzosida unutilmas taassurot qoldirdi.
Bundan o‘ttiz besh yil muqaddam O‘zbekiston xalqi ozodlikni tanladi. Prezident va O‘zbekiston xalqini ushbu tarixiy sana bilan tabriklayman hamda kelgusida ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari davom etishini xohlayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi