Chernogoriyada mablag‘siz qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi

Fevral 17, 2026. 19:08 • 2 daq

• 925
Chernogoriyada mablag‘siz qolgan hamyurtlar vatanga qaytarildi

BUDAPESHT, 18-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston fuqarolari Chernogoriya hududidan Vatanga qaytishda yordam so‘rab Elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Murojaatchilarning maʼlumot berishicha, ularning mehnat munosabatlari Chernogoriyadagi ish beruvchi bilan bir tomonlama tugatilgan, oqibatda ular yashash uchun mablag‘siz qolgan.

Maʼlum qilinishicha, avvalroq ularga ishga joylashish vaʼdasi bilan ishchi vizasi rasmiylashtirilgan. Shundan so‘ng ular Chernogoriyaga yetib borgan va qurilish sohasida ish boshlagan.

Keyinchalik, ish beruvchi boshqa chet ellik xodimlarni ular uchun noqulay shartlarga jalb qilgan. Shundan keyin vatandoshlar bajarilgan ishlarning qoniqarsiz sifati bahonasida ishdan chetlatilgan. Shu bilan birga, amaldagi shartnoma majburiyatlariga qaramay, ularga oxirgi oy uchun ish haqi to‘lanmagan.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va yordam jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ko‘rsatish masalasini ishlab chiqish maqsadida Migratsiya agentligi bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi.

Belgilangan chora-tadbirlar natijasida hamyurtlarga aviachiptalar xarid qilinib, O‘zbekistonga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish