Rossiyaning Tomsk viloyatida O‘zbekiston fuqarolari uchun navbatdagi sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi
Avgust 15, 2026. 10:30 • 1 daq
• 143
TOMSK, 15-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Tomsk viloyatida vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabulini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida fuqarolarimizga istiqomat qilayotgan mamlakat qonunchiligi, migratsiya tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etish muhimligi taʼkidlandi.
Yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlar buzilgan taqdirda, yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish uchun mamlakatimiz Bosh konsulxonaga murojaat qilish zarurligi qayd etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan qator muammolar joyida hal etildi.
Xususan, ish beruvchidan berilmagan ish haqini undirib berish hamda Tomsk viloyatining vakolatli idoralari bilan hamkorlikda Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lib turgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini ozod qilish masalasi ijobiy yechim topdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi