Rossiyaning Primorsk o‘lkasida vatandoshlarning farzandlari uchun maxsus ta’lim kurslari tashkil etiladi
Avgust 15, 2026. 14:00 • 53 soniya
• 61
VLADIVOSTOK, 15-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bosh konsuli Hojiakbar Vahobov Rossiyaning Primorsk o‘lkasi ta’lim vaziri Elvira Shamonova bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari farzandlarining ta’limi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, O‘zbekiston hududlari bilan Primorsk o‘lkasi o‘rtasidagi ijtimoiy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida mehnat muhojirlari farzandlari uchun maxsus sinflar va maktabgacha tayyorlov kurslarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, 2027-yildan O‘zbekiston va Primore o‘lkasidan o‘quvchilarni yozgi ta’tilda bolalar oromgohlariga o‘zaro yuborish amaliyotini tiklash hamda ikki ta’lim vazirligi o‘rtasida idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi