Diplomatlar ko‘magida vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi
Oktabr 20, 2026. 19:16 • 54 soniya
• 96
NOVOSIBIRSK, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari yurtdoshlarimizni vatanga qaytarish bo‘yicha navbatdagi amaliy chora-tadbirni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Diplomatlar farzandlari Novosibirsk shahridagi mehribonlik uyida saqlanayotgan vatandoshlarimiz oilasini O‘zbekistonga qaytarishga yaqindan ko‘maklashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun Novosibirsk shahridagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.
Bosh konsulxona bir kun ichida markaz va mehribonlik uyi rahbariyati bilan tezkor muzokaralar o‘tkazib, hamyurtimizning zudlik bilan ozod etilishiga erishdi. Yurtdoshimizga tezkor ravishda vatanga qaytish sertifikatini rasmiylashtirib berdi. Bolani “Tolmachyovo” xalqaro aeroportiga olib kelib, onasiga topshirdi.
So‘nggi bir hafta ichida Bosh konsulxona vakillari besh nafar bolaning Vatanga qaytishiga ko‘maklashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi