Sankt-Peterburgda hamyurtlarimizni ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
Sentabr 08, 2026. 13:00 • 2 daq
• 225
SANKT-PETERBURG, 8-sentabr. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyadagi turli ish beruvchi korxonalar vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, delegatsiya aʼzolari Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi prezidenti Yelena Demina hamda Rossiyaning “Master Print”, “Shopen”, “Injiniring SV”, “Makaronika”, “BFA” va “Avangard” kompaniyalari vakillari bilan ko‘rishdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya korxonalariga, jumladan, ishlash uchun qulay va xavfsiz sharoitlarga ega hududlarga uyushgan holda jalb qilish, ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar davomida ish beruvchilarning mingdan ortiq xorijiy mutaxassisga ehtiyoji borligi aniqlandi. Muloqot davomida mavjud vakansiyalar bo‘yicha tanlov o‘tkazish, kasb-hunarga tayyorlash va yurtdoshlarimizni ishga joylashtirish mexanizmlari bo‘yicha tegishli masalalar kelishib olindi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar Xalqaro mehnat migratsiyasi markazi faoliyati hamda unda xorijiy ishchilar va ish beruvchilarning o‘zaro hamkorligi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi