Sankt-Peterburgda mehnat qilayotgan vatandoshlarning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi

Sentabr 06, 2026. 09:10 • 2 daq

171
Sankt-Peterburgda mehnat qilayotgan vatandoshlarning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi

SANKT-PETERBURG, 6 sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari “SK-78” MCHJga qarashli qurilish obyektida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida fuqarolarga konsullik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va migratsiya sohasidagi yangi qonunchilik normalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, xorijda bo‘lib turgan fuqarolarni vaqtinchalik konsullik hisobiga qo‘yish tartibi hamda ushbu jarayonning hamyurtlarimiz uchun amaliy afzalliklari va qulayliklari atroflicha bayon etildi.

Shuningdek, xavf-xatar darajasi ortgan taqdirda fuqarolarga boshqa hududlarga vaqtincha ko‘chish, qayta ishga joylashish yoki vatanga qaytishda tegishli yordam ko‘rsatilishi mumkinligi bildirildi.

Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish muhimligi hamda og‘ir ijtimoiy yoki moliyaviy ahvolga tushib qolgan fuqarolarga ko‘rsatiladigan yordam turlari haqida axborot berildi.

Uchrashuv davomida hamyurtlarimizning yashash va mehnat sharoitlari o‘rganilib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga aniq va atroflicha javoblar qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish