Novosibirskda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Sentabr 05, 2026. 17:00 • 2 daq

104
Novosibirskda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Novosibirskda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

NOVOSIBIRSK, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Migratsiya agentligi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Novosibirskdagi “Sibirskaya zelen” MChJ va “IP G.Grigoryan” korxonalarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida shaxsiy va ishlab chiqarish xavfsizligining barcha choralariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi, fuqarolarimiz tomonidan bo‘lib turgan mamlakat qonunlari va qoidalariga, jumladan, migratsiya tartiblariga rioya etish muhimligi taʼkidlandi.

Ish beruvchilar tomonidan vatandoshlarimizga ish haqini o‘z vaqtida to‘lash qoidalariga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratildi. Agar asossiz sabablarga ko‘ra ish haqi ushlab qolinsa yoki kechiktirilsa, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, masalani tezkor hal qilish uchun Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasiga zudlik bilan murojaat qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda Bosh konsulxona vatandoshlarimizga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishda bundan buyon ham har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekani taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish