Logo

Vatandoshlarga qonuniy faoliyat yuritishi uchun tegishli tushuntirishlar berildi

Fevral 15, 2026. 13:08 • 45 soniya

81
Vatandoshlarga qonuniy faoliyat yuritishi uchun tegishli tushuntirishlar berildi

SANKT-PETERBURG, 15-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston konsulxonasi diplomatlari Sankt-Peterburg shahridagi “Monolit-Stroy” MCHJda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida vatandoshlarga konsullik xizmatlari hamda migratsiya sohasidagi yangi qonunchilik normalari haqida tushuntirish berildi. Xususan, xorijda bo‘lgan fuqarolarni vaqtinchalik konsullik hisobiga olish tizimi yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.

Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, mehnat faoliyatini qonuniy tarzda olib borish hamda ijtimoiy, moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz uchun ko‘rsatiladigan yordam turlari yuzasidan axborot berildi.

Bundan tashqari, ularni terrorchilik, ekstremizm hamda noqonuniy narkotik vositalari aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarga jalb qilishning oldini olish maqsadida tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolar notanish shaxslarning bank kartalariga pul o‘tkazmaslik, ulardan yuk va jo‘natmalarni olmaslikka chaqirildi.

Shu bilan birga, tashrif davomida fuqarolarning yashash va ish sharoitlari o‘rganilib, ularning savollariga atroflicha javob berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish