O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Chexiya elchisi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
May 14, 2026. 20:10 • 55 soniya
• 29
TOSHKENT, 14-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Chexiya elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning konsullik-huquqiy yo‘nalishlari, xususan, Chexiyada vaqtincha mehnat qilayotgan va taʼlim olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan konsullik xizmatlari sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, xususan O‘zbekistondan malakali tibbiyot xodimlarini jalb qilish, nomzodlarni kasbiy va til jihatdan tayyorlash hamda ishga joylashtirish jarayonlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston diplomatlari Germaniyaning Reda-Videnbryuk shahrida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi



