Qozog‘istonning Aqtau shahridagi vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Iyun 07, 2026. 14:12 • 57 soniya
• 72
AQTAU, 7-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Aqtau shahrida vaqtincha mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida ishtirokchilarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, xorijda ishlayotgan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari hamda oilalari uchun mo‘ljallangan ijtimoiy dasturlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bo‘lib turilgan mamlakatda qonuniy yashash va mehnat faoliyatini yuritish, shuningdek, mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida vatandoshlar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati doirasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlarini birgalikda tomosha qilish uchun Bosh konsulxonaga taklif qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi