Minskda vatandoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Iyun 16, 2026. 14:00 • 2 daq
• 132
MINSK, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston lchixonasi tashabbusi bilan Minsk avtomobil zavodida mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda Belarusga xizmat safari bilan kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xodimlari, Migratsiya agentligi vakillari, elchixona diplomatlari hamda vatandoshlar ishtirok etdi.
Muloqot jarayonida giyohvand moddalar savdosi, terrorizm, diniy ekstremizm va boshqa buzg‘unchi harakatlarga qo‘shilib qolish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Hamyurtlarga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, mamlakat qonunchiligiga rioya etish, qonuniy va tartibli yashash zarurligi, O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazmaslik, radikal oqimlar va noqonuniy guruhlarga qo‘shilib qolishga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv davomida chet elda mehnat qilayotgan hamyurtlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar hamda Migratsiya agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi