Rossiyaning Irkutsk shahrida vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Oktabr 30, 2026. 11:00 • 2 daq

• 125
Rossiyaning Irkutsk shahrida vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Rossiyaning Irkutsk shahrida vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

IRKUTSK, 30-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Irkutsk viloyatida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida hamyurtlarga Rossiya qonunchiligiga rioya qilish, haq-huquqlari buzilgan taqdirda zudlik bilan Bosh konsullikka murojaat qilish zarurligi tushuntirildi.

Shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida konsullik tomonidan doimiy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Muloqot davomida pasport va boshqa hujjatlarni tiklash, mehnat patentlarini olish kabi masalalar yuzasidan yurtdoshlarimizning savollariga javob berildi. 

Hamyurtlarga yangi pasportlar va Vatanga qaytish uchun 11 ta guvohnoma topshirildi, yo‘qolgan va muddati o‘tgan pasportlarni almashtirish bo‘yicha arizalar qabul qilindi. 10 nafar fuqaro vaqtinchalik konsullik ro‘yxatiga olindi.

Vatandoshlar muntazam uchrashuvlar tashkil etilayotgani uchun minnatdorlik bildirib, bunday muloqotlar ularning o‘z huquq va majburiyatlaridan xabardor bo‘lishlari hamda haq-huquqlarini himoya qilishlarida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish