O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari Vladivostokda mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi
Sentabr 05, 2026. 12:00 • 2 daq
• 227VLADIVOSTOK, 5-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari “Triliton” va “Vladtorg” korxonalarida mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz hamda ish beruvchilar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida fuqarolarimizning mehnat va yashash sharoitlari, turar joy va ovqatlanish holati, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi haqida fikr almashildi.
Vatandoshlarimizga Bosh konsulxona tomonidan ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijdagi mehnat migrantlarini ijtimoiy, huquqiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
“Triliton” va “Vladtorg” korxonalari rahbarlari bilan kechgan muzokaralarda tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha fuqarolarimizni talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga uyushqoqlik bilan va qonuniy ishga joylashtirishni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

