Rostov-Donda 500 nafarga yaqin vatandoshga konsullik yordami ko‘rsatildi

Sentabr 03, 2026. 17:30 • 52 soniya

91
Rostov-Donda 500 nafarga yaqin vatandoshga konsullik yordami ko‘rsatildi
Rostov-Donda 500 nafarga yaqin vatandoshga konsullik yordami ko‘rsatildi
Rostov-Donda 500 nafarga yaqin vatandoshga konsullik yordami ko‘rsatildi

TOSHKENT, 3-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Rostov-Don shahrida mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Delegatsiya aʼzolari o‘zbekistonliklar mehnat qilayotgan “SSK”, “Rostovskaya legenda” va “Ximpek” kompaniyalarida bo‘ldi. Asosiy eʼtibor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, vatandoshlarni konsullik ro‘yxatiga olish hamda ularning O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulxonasi bilan bevosita aloqasini yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Shu bilan birga, joylarda fuqarolarning mehnat va yashash sharoitlari hamda ular ko‘targan masala va ehtiyojlar o‘rganildi.

Vatandoshlarga ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tartibi, Rossiya qonunchiligi talablari, shaxsiy xavfsizlik choralari va favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi tushuntirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish