Toshkentda “Umrah Plus & Ziyarat Tourism” IV xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Iyun 29, 2026. 16:00 • 2 daq

139
Toshkentda “Umrah Plus & Ziyarat Tourism” IV xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda “Umrah Plus & Ziyarat Tourism” IV xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentda “Umrah Plus & Ziyarat Tourism” IV xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 29-iyun. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida “Umrah Plus & Ziyarat Tourism” IV xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbir O‘zbekistonning Ar-Riyozdagi elchixonasi va Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Saudiya Arabistonining mehmonxona, transport, aviatsiya, umumiy ovqatlanish, restoran biznesi hamda turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq tadbirkor va kompaniya vakillari qatnashdi.

Tadbir doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida B2B formatidagi uchrashuvlar, biznes muzokaralari va taqdimotlar o‘tkazildi. Ularda turizm va ziyorat turizmi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Eksportchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va quruq mevalar namoyish etildi.

Ko‘rgazma ishtirokchilariga Toshkent shahrida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati va uning ahamiyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Markaz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan yirik maʼrifiy va ilmiy loyihalardan biri ekani taʼkidlandi.

Tadbir doirasida turizm sohasini raqamlashtirish, zamonaviy xizmatlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari ham tashkil etildi. Mamlakatimizda turizmni iqtisodiyotning strategik drayverlaridan biriga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va yangi tashabbuslar xususida atroflicha maʼlumot berildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish