Jakartada “Umra plyus O‘zbekiston” turistik yo‘nalishi keng targ‘ib qilindi

Iyun 26, 2026. 12:30 • 2 daq

139
Jakartada “Umra plyus O‘zbekiston” turistik yo‘nalishi keng targ‘ib qilindi
Jakartada “Umra plyus O‘zbekiston” turistik yo‘nalishi keng targ‘ib qilindi
Jakartada “Umra plyus O‘zbekiston” turistik yo‘nalishi keng targ‘ib qilindi
Jakartada “Umra plyus O‘zbekiston” turistik yo‘nalishi keng targ‘ib qilindi
Jakartada “Umra plyus O‘zbekiston” turistik yo‘nalishi keng targ‘ib qilindi
Jakartada “Umra plyus O‘zbekiston” turistik yo‘nalishi keng targ‘ib qilindi

JAKARTA, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. Indoneziya poytaxtida “Umra plyus O‘zbekiston – 2026” xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Indoneziya, Malayziya, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni va Turkiya kabi qator mamlakatlardan 1000 dan ortiq soha vakillari, turoperatorlar, mehmonxona tarmoqlari hamda aviakompaniyalar masʼullari ishtirok etdi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad “Umra plyus O‘zbekiston” turistik yo‘nalishini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va ziyorat turizmi sohasidagi biznes aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirning ochilish marosimida Indoneziya Savdo vaziri o‘rinbosari Roro Esti Dyax Putri, Madaniyat vaziri o‘rinbosari Endah Retno Astuti hamda Saudiya Arabistoni, BAA va O‘mon elchixonalari vakillari qatnashdi.

Roro Esti Dyax Putri yaqinda O‘zbekistonga qilgan tashrifi davomida Imom Buxoriy maqbarasi va Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, yurtimizning boy maʼnaviy merosiga guvoh bo‘lgani haqida to‘xtalib o‘tdi. U “Umra plyus O‘zbekiston” konsepsiyasi indoneziyalik ziyoratchilar uchun muqaddas qadamjolar ziyoratini Islom olamining muhim markazlari bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi istiqbolli tashabbus ekanini taʼkidladi.

“ASPURINDO” turizm uyushmasi raisi Muhammad Iqbol Muhojir ham O‘zbekiston indoneziyaliklar uchun alohida qadrli mamlakat ekani va mahalliy turoperatorlar hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlari va tarixiy shaharlariga bag‘ishlangan alohida milliy ekspozitsiya tashkil etildi. Turizm qo‘mitasi hamda mahalliy sayyohlik kompaniyalari xorijlik hamkorlarga tayyor turpaketlarni taqdim etdi.

Indoneziyaning “ASTAGATRA”, “ASPURINDO” va “SAPURA Wisata” kabi yirik turoperatorlari bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida dastlabki muhim kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Jakarta–Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni kengaytirish orqali joriy yilning noyabr–dekabr oylaridan boshlab “Umra plyus O‘zbekiston” dasturi doirasida har bir uyushma tomonidan oyiga o‘rtacha 1500 nafargacha (jami 3000 nafar) indoneziyalik ziyoratchini O‘zbekiston orqali Saudiya Arabistoniga yuborish imkoniyatlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish