Logo

Yilning dastlabki 10 oyi davomida O‘zbekiston 197 ta davlatdan 9,7 million sayyohni jalb qildi

Noyabr 29, 2025. 13:58 • 42 soniya

170
Yilning dastlabki 10 oyi davomida O‘zbekiston 197 ta davlatdan 9,7 million sayyohni jalb qildi

TOSHKENT, 29-noyabr. / “Dunyo” AA/.  2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida 9,7 million nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, sayyohlar oqimi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 million kishiga yoki 50 foizga o‘sgan.

O‘n oy davomida sayyohlar jami 197 ta davlatdan tashrif buyurgan.

Sayyohlarning jins kategoriyasi bo‘yicha taqsimoti:

Erkaklar – 5 million 273 ming 836 kishi,

Ayollar – 4 million 458 ming 82 kishi.

Tashrif buyuruvchilarning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

18 yoshgacha – 1280688

19–30 yosh – 1590907

31–55 yosh – 4888764

56 yosh va undan katta –1971559

Qo‘mita maʼlumotida qayd etilishicha, sayohatchilarning asosiy qismini 31–55 yoshdagi shaxslar tashkil etib, ular umumiy sayyohlar oqimining yarmidan ko‘piga to‘g‘ri keladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish