Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

Avgust 10, 2026. 19:00 • 53 soniya

121
Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi

ABU-DABI, 10-avgust. /“Dunyo” AA/. “Etihad Airways” aviakompaniyasi tarixida ilk bor Abu-Dabi–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aviaqatnovning ochilishiga bag‘ishlangan marosimda “Etihad Airways” katta vitse-prezidenti Xolid Al Ali va O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Umid Shodiyev ishtirok etdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovning yo‘lga qo‘yilishi poytaxtlar o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash, ishbilarmonlik va turistik safarlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, aviakompaniyaning xalqaro tarmog‘i orqali Toshkentdan Abu-Dabi orqali boshqa mamlakatlarga safar qilish imkoniyatlari ham kengayadi.

“Etihad Airways”ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi xalqaro aviakompaniyalarning mamlakatga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi. Bu, o‘z navbatida, transport-logistika, turizm va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoit yaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish